Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
18:40 / 2024-03-02

Guliston davlat universitetida yoshlarlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganishga qaratilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonov ishtirok etdi.  

So‘zga chiqqanlar yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Asosiysi, ochiq muloqot tarzida o‘tgan bu uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Xususan, yigit-qizlarning mahalliy koordinatorlar, volontyorlar va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari uchun seminar-treninglar tashkil etish, Guliston davlat universitetida yangidan barpo etilayotgan Axborot-resurs markazi kitoblar fondini boyitish, To‘ra Sulaymon tavalludining 90-yilligi munosabati bilan yosh shoirlar tanlovini o‘tkazish, shuningdek, viloyatda an’anaviy tarzda o‘quv yilining har choragida a’lo baholarga o‘qiyotgan, namunali xulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan maktab o‘quvchilarini oromgohlarga yuborishni nazarda tutuvchi “A’lo ta’til” loyihasini yo‘lga qo‘yish kabi takliflari rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Temurbek Poyonov Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan talabalar uchun “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi stipendiyasi” ta’sis etilishini ma’lum qildi. Mazkur stipendiya sovrindorlari bir martalik –5 million so‘m miqdorida pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.

Uchrashuv yakunida turli yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlar, ularga yaqindan ko‘mak berayotgan yetakchilar, mas’ullarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar, viloyat sardorlar kengashi a’zolariga mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor shaharlariga sayohat yo‘llanmalari topshirildi.

Sh.Suyarov, 

Sh.Ortiqboyev(surat), O‘zA muxbirlari