Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
14:55 / 2023-12-25

FOTOREPORTAJ

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi J. Jumayev hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasasi, professional ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi koordinatorlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohaza va muammolar tinglandi.  

Tadbir davomida 2023 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan barcha loyihalar, islohotlar va tadbirlarda faollik ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari hamda koordinatorlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-15199]

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA