Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
11:46 / 2026-01-26

Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpo‘latovning qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek so‘nggi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, shu asosda ularning o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishi, chuqur bilim olishi, ilg‘or fikrli va ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada joylarda rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilib, ularning xohish-istaklarini eshitish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan qator yangi g‘oya va tashabbuslarini bildirdi. O‘z navbatida barcha fikrlar inobatga olinib, ko‘tarilgan muammolarga joyida yechim topish choralari ko‘rildi va yoshlarning barcha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yurtimizda huquqbuzarlikning oldini olish borasida faollik ko‘rsatayotgan bir qator yoshlar, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insho” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri