Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rahbar va yoshlar” muloqoti
15:05 / 2026-02-01

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda viloyat prokurori, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar bilan bevosita muloqot qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglandi. 

Uchrashuvda asosan ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, uy-joy, ijtimoiy himoya, huquqiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlardagi muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvning eng ahamiyatli jihati shundaki, kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyidayoq ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan yoshlarga aniq yechimlar taklif qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etgan murojaatlar esa belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tinglash va hal etish, shuningdek, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA