Milliy gvardiya Ma’naviyat-ma’rifat markazida “Yosh gvardiyachilar forumi – “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildiruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan iborat.
Tadbir avvalida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohada o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish so‘nggi yillarda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.
Marosimga tashrif buyurgan ishtirokchilar orkestr sadolari ostida kutib olinib, ularga Milliy gvardiya harbiy kiyim-bosh namunalari, mashg‘ulotlar uchun o‘quv moddiy-texnik bazalar ko‘rgazmalari, yoshlar tomonidan tayyorlangan “Robototexnika” namunalari namoyish etildi.
Shundan so‘ng, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”, Harbiy musiqa akademik litseyi hamda tizimga biriktirilgan 56 ta Vatanparvarlik sinflarida tahsil olayotgan, namunali xulqi va a’lo baholari bilan sinfdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yuzga yaqin o‘quvchilar qo‘mondon tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Forum so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yoshlarimizga zavq bag‘ishladi.
N.Rahmonova, O‘zA