Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rahbar va yoshlar loyhasi"
11:44 / 2020-12-01

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Aliyev “Rahbar va yoshlar loyihasi”ni o‘tkazdi.

Tadbir G‘ijduvon tumani Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda 3-sektor hududida yashovchi 150 dan ortiq yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tumanning Xalqobod mahallasidagi Milliy hunarmanchilik kasb-hunar maktabi binosida o‘tkazilgan uchrashuvda Sh.Aliyev dastlab, viloyat hamda tuman hududida voyaga yetmagan va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida batafsil so‘zlab berdi. Har bir jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoit va omillarni aniq tahlillar asosida yoshlarga tushuntirdi.  Voyaga yetmagan va yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish, bu toifa shaxslar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida mahalla raislarining huquq-tartibot ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va boshqa hamkor idoralar mas’ullari bilan birgalikda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan yoshlarga o‘zining taklif hamda tavsiyalari, mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Shuhrat Aliyev yoshlar bilan suhbatlashib, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi.  

Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli masalalardagi 20 dan ortiq takliflar hamda 10 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi.  6 tasi qo‘shimcha o‘rganish uchun ijroga qabul qilindi va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yoshlarga 30 ta turli to‘plamdagi kitoblar jamlanmasi hamda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan 4 nafar fidokor yoshlarga Ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Zarif KOMILOV, O‘zA