Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbar va yosh xodimlar muloqoti tajribani oshiradi
17:33 / 2026-01-24

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 250 nafardan ortiq yosh xodimlar, IIV 2-son Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari hamda soha faxriylari ishtirokda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab IIBB boshlig‘i, polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov tizimda yosh xodimlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar bilan bir qatorda, faoliyat davomida uchrayotgan ayrim muammolar va kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda xizmat samaradorligini oshirishda yosh xodimlarning faolligi muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Ochiq muloqot jarayonida yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish, shuningdek, xizmatni yanada takomillashtirishga qaratilgan tashabbus va takliflarini aytdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ayrim takliflar bo‘yicha ijro muddatlari va nazorat mexanizmlarini yanada aniqlashtirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirda IIBB boshlig‘i maslahatchisi, iste’fodagi general-mayor Sayfulla Asadov ham so‘zga chiqib, o‘zining boy xizmat tajribasi, kasbiy faoliyat davomida orttirgan saboqlari bilan o‘rtoqlashdi. U yoshlarga vatanparvarlik, kasbga sadoqat, xizmat jarayonidagi sinov va mas’uliyatlarga bardoshli bo‘lish zarurligi haqida hayotiy misollar orqali tushuntirish berdi. Uchrashuv yakunida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh yosh xodimlar munosib mukofotlandi. 

Umuman olganda, mazkur ochiq muloqot uchrashuvi yosh xodimlarning kasbiy rivojiga ko‘maklashish, ularning mas’uliyatini oshirish hamda tizimda ochiqlik va sog‘lom muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi. 

A. Musayev, O‘zA.