Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Rahbar va bitiruvchilar” uchrashuvi tashkil etildi.
Joriy o‘quv yilida mazkur oliy ta’lim muassasasini 4 ming 297 nafar bitiruvchi, shundan 3 ming 53 nafari kunduzgi, 1 ming 197 nafari sirtqi hamda 47 nafari magistratura bosqichini tamomlamoqda.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar doimiy izlanishda bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini ta’kidladi. Jumladan, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova bugungi kunda pedagoglarga qo‘yilayotgan talablar va berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirdi.


Uchrashuvda bitiruvchilar, fakultet dekanlari, tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalarini bildirib, olis maktablarda oliy ta’lim muassasalarini targ‘ibot qilish kabi taklifini ilgari surdi.

Ochiq muloqot davomida 2 nafar bitiruvchi ishga qabul qilindi.
Tadbir yakunida bir guruh pedagoglarga “Tashakkurnoma” va estalik sovg‘alari topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri