Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rag‘bat insonni yangi tashabbuslar sari chorlaydi
11:39 / 2025-09-15

Eng ulug‘, eng aziz bayram - mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh hamyurtlarimiz mehnati yuksak baholanib, faxriy unvon, orden hamda medallar bilan taqdirlanishdi.

Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kegeyli tumani “Juzim bag‘” ovul fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Azamat Magzamov ham bor. U Prezidentimizning farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.  

Azamat Magzamov Kegeyli tumanida tavullud topgan. Oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng mehnat  faoliyatini “Xalq banki”ning tuman bo‘limida boshladi. 2022 yildan buyon “Juzim bag‘” ovul fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

A.Magzamov tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida 317 ta yuridik va jismoniy shaxsga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 4 milliard 997 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilish hisobiga 317 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqachilikni rivojlantirish, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga asbob-uskunalar olish uchun 28 nafar ishsiz fuqaroga 142,2 million so‘m subsidiya ajratildi.

Aholi o‘rtasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida 82 nafar fuqaroga 1 milliard 405 million , xizmat ko‘rsatish sohasida 59 nafar fuqoraga 1 milliard 295 million , parrandachilik xo‘jaliklari sohasida 95 nafar fuqaroga 475 million, ishlab chiqarish sohasida esa  81 nafar fuqaroga 1 milliard 822 million so‘mdan kredit berildi.  

Kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan 110 nafar ishsiz fuqaro o‘qitildi. Mehnatga layoqatli, ishsiz yoki norasmiy band aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining olib borilishi natijasida 233 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minladi. Shuningdek, ovul fuqarolar yig‘ini drayveridan kelib chiqib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlari soni 37 tadan 98 taga, ya’ni 2,5 baravarga ko‘payib, 61 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Azamatning tashabbuskorligi natijasida jami 107 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Uning boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mahalla hududi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

A. Magzamov 2022 yilda Iqtisodiy tarraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan inson qadrini ulug‘lash uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida “mahallabay” ishlash tizimi orqali hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirish, davlat siyosatini mahallagacha yetkazish, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadlari yo‘lidagi samarali faoliyati uchun tashakkurnoma, shuningdek, 2022 yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni  bilan taqdirlandi. 2024 yilning II choragida samarali faoliyat olib borgan eng faol hokim yordamchilari TOP-100 taligiga kirdi va yil yakuni bo‘yicha tuman hokimi tomonidan “Yilning eng faol hokim yordamchisi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

– A.Magzamov chuqur bilimga ega, har ishda tashabbuskor, o‘z kasbini sadoqat bilan e’zozlayotgan mehnatsevar malakali mutaxassis sifatida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. – deydi “Juzim bag‘” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Azizbek Qudaynazarov. – U o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan hamkasblari va aholi o‘rtasida hurmat qozongan.

– Dastlabki ish boshlagan yillarim hududda 400 nafarga yaqin ishsiz fuqaro, asosan, yoshlar bor edi, – deydi “Shuhrat” medali sohibi  Azamat Magzamov. – Tuman hokimligi, tegishli tashkilot rahbarlarining yordami bilan bugungi kunga  kelib, 70 nafarga yaqin ishsiz fuqaro qoldi. Ularning ham bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Kamtarona mehnatimni yuksak baholagani uchun  Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Ushbu rag‘bat menga yanada mas’uliyatli bo‘lishimni taqoza qiladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joylarda joriy etilgan hokim yordamchisi lavozimi bugun o‘zini oqlamoqda. Buni  Azamat Magzamov faoliyati orqali  ham ko‘rishimiz mumkin.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri