Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rag‘batga munosib tashabbuskorlar
15:43 / 2016-03-22

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va milliy hunarmandlik sohasida yuqori natijalarga erishayotgan 50 dan ortiq tadbikor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.

Qo‘qon shahridagi “Evroprint” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ayubxon Fozilov “Eng yaxshi tadbirkor”, Quva tumanidagi “Rohatoy” fermer xo‘jaligi rahbari Avazbek Teshaboyev “Eng yaxshi fermer”, marg‘ilonlik Mansur Mirzaxonov “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat va iste’mol mollari, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.