Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rag‘bat muvaffaqiyatga undaydi
17:02 / 2017-03-29

Jizzax shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 680 sportchi qizga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Jizzax shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 680 sportchi qizga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik biz, yoshlarni yanada ulug‘ maqsadlar bilan yashashga undaydi, – deydi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Sabina Umarova. – “Barkamol avlod” musobaqalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda Prezidentimiz sovg‘asi bizni yanada ruhlantirdi.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli qizlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘tgan yili viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali hamkorligida o‘tkazilgan 541 musobaqada ishtirok etgan 68 mingdan ziyod yoshlarning 39 ming 500 nafari qizlardir.

Navro‘z bayrami arafasida viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 6 ming 400 dan ziyod sportchi qiziga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sport kiyimlaridan iborat Prezident sovg‘asi topshirildi.