Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rafohdagi Falastin lageriga hujum Shvetsiyada norozilik uyg‘otdi
12:44 / 2024-06-03

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda yuzlab kishi Isroilning Rafohdagi begunoh aholiga uyushtirgan hujumini qoralab, namoyish o‘tkazdi.

Falastinliklar bilan birdamlik uchun Odenplanda to‘plangan odamlar G‘azoga hujum to‘xtatilishini talab qildilar. Ular “G‘azoda bolalar halok bo‘lyapti”, “Genotsidni to‘xtating!” va “Falastin – abadiy” kabi yozuvli bannerlar ko‘tarib olgan.

Mamlakat TIV binosi tomon yurishgan namoyishchilar AQSH va Shvetsiya Isroilni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi chiqib, bu ikki davlat harbiy jinoyatga sherik ekanini ta’kidlagan, tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom iste’fosini talab qilgan.