Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilishi boshlandi
11:00 / 2021-06-09

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari "E-auksion" savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi.

Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi.

Ob’ekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidan radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi (https://new.e-auksion.uz/lot-view?lot_id=615192).  

Ushbu lotda 4 ta videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.  

Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.