Quyuq tuman quchog‘idagi Toshkent
FOTOREPORTAJ
Kechki Toshkentni quyuq tuman qopladi. Shahar ko‘chalarini yoritayotgan chiroqlar tuman pardasi ortidan xira shu’la sochib, sirli manzara namoyon qildi. Poytaxtga salobat baxsh etayotgan baland binolarning yuqori qavatlari go‘yo osmon bilan tutashgan.
[gallery-27038]
Tuman qoplagan Toshkent odatdagidan boshqacha – sokin, mulohazali tus oldi. Bu manzara shahar aholisi uchun oddiy kechalardan farqli holda fotosuratlarga muhrlanadigan lahzalarni hadya etdi.
Asliddin ALIJONOV(surat),O‘zA