Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyoshli yurtimizning energetik imkoniyatlari (+video)
11:17 / 2024-09-06

Yurtimizda 320 kun quyoshli bo‘ladi. Albatta, tabiatning ushbu ne’matidan qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini ishlab chiqarishda unumli foydalanish ham mumkin.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori respublika hududlarida energiya taqchilligini oldini olishda muhim qadam bo‘ldi.  

Yashil energetikaning taraqqiy etishi esa bugungi kunda mamlakat energetika tizimiga tushayotgan ulkan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi. Buning uchun barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar bosqichma-bosqich muqobil energiyaga o‘tayotgani ham yaxshi samara bermoqda.  

Masalan, Sirdaryo viloyatining Sayhunobod tumanida joylashgan ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli mashina traktor parki binosiga 50 kVt quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Tuman elektr energiyasining 20 foizini iste’molchisi bo‘lgan ushbu klaster  o‘z ehtiyojini to‘liq qoplash uchun 30 megavattlik quyosh panellarini o‘rnatish niyatida.  

2025 yil boshida dastlab 20 megavatt, keyingi bosqichda esa 10 megavattlik quyosh panellari o‘rnatiladi.

Yangiyer shahrida joylashgan trikotaj matolarini ishlab chiqaruvchi yana bir korxona hududiga 270 kilovatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Ushbu quvvat trikotaj mato to‘qish, gazlamani bo‘yash bilan shug‘ullanib keladi. Mahsulotlar asosan eksportga yo‘naltirilmoqda. Yashil energetikani joriy qilgan korxonaning eksport salohiyati ham oshib bormoqda. Shundan kelib chiqib, tadbirkor joriy yilning ohirigacha yana 250 kilovatt qo‘shimcha quyosh paneli o‘rnatishni reja qilmoqda.  

Guliston shahrida joylashgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tomonidan 2024 yilning shu kuniga qadar qiymati 9,5 mln AQSH dollarga teng tayyor trikotaj mahsulotlari xorijga eksport qilingan. Bu yerda ham “yashil energetika” joriy qilingani uchun tashqi bozorlarga keng yo‘l ochilmoqda.  

Dunyodagi barcha mamlakatlarda energoresurslar taqchilligi sezilayotgan hozirgi davrda muqobil energiya manbaalaridan foydalanish an’anasi barcha tarmoqlarga kirib bormoqda. Yurtimizda bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Zero, yashil energetika – kelajak energetikasidir.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/cA-XBwANew4?si=BYPT8F4EWhh-ARlj" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA