Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Quyoshli xonadon" dasturi – amalda
12:20 / 2023-04-22

Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2023 yilning 1 aprelidan boshlab Respublika hududularidagi ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlari, davlat idoralari, aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida faoliyat olib borayotgan “Aswa power” kompaniyasi tomonidan umumiy quvvati 1000 kVt ga yaqin quyosh panellari Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelindi.  Homiylik mablag‘lari hisobidan keltirilgan ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalari tuman hududidagi tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholi xonadonlariga belgilangan reja asosida o‘rnatiladi.

Sh. Suyarov, O‘zA