Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqoti instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, avvalgi taxmin bunday jonlanishni bashorat qilmaganiga qaramay, Quyoshda kuchli chaqnash qayta boshlangan.
Qayd etilishicha, hozir Quyoshda har biri taxminan 150 000 kilometr o‘lchamdagi, ya’ni Yer diametridan 10 barobar katta ikki faol markaz mavjud. Yulduz hozir o‘sha hududda energiyani yoqib, Quyoshning chuqur qismidan quvvat yuboradi. Har bir chaqmoq C yoki M darajali chaqnash hosil qiladi. Hali uchqun eng yuqori X-darajaga yetgani yo‘q.
Binobarin, bunday hodisa kutilmagan. Ya’ni, yulduz “sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi boshida ancha notinch” ko‘ringani sababli, bu qadar tez tiklanmasligi kerak edi.
- Hozir chaqnash darajasi M1,0-M2,0. To‘rt oylik eng yuqori ko‘rsatkich - M6,4, yog‘dulanish 28 sentyabrda sodir bo‘lgan, - deydi Laboratoriya xodimlari. - Me’yor buzilgan bo‘lishi mumkin. To‘rt oydan ko‘p davom etadigan rekord o‘rnatish uchun X-sinf alangalanish darajasiga erishish lozim. Bunday ko‘rsatkich hali aniq emas. Qolaversa, ayni holatni ko‘z bilan baholash ham qiyin. Shu bois, hozir Quyoshda to‘liq miqyosli tizimli chaqnash sodir bo‘lmoqda.
Chaqnash Yerdagi geomagnit muhitga taxminan chorshanba yoki payshanbadan boshlab ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Laboratoriya veb-saytida taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, bugun sakkiz bor C toifali va bir marta kuchli M sinfidagi portlash sodir bo‘lgan.
S.Rahimov, O‘zA