Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlari o‘z natijasini bermoqda
17:36 / 2024-09-09

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida Shirin shahrida o‘rnatilgan quyosh panellari shahar hokimi N. Hazratqulov va shahar prokurori R. Mamirov ishtirokida o‘rganildi.

Qayd etish kerak, Shirin shahrida joylashgan “Alisher” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga quvvati 35 kVt va 15 kVt bo‘lgan jami 50 kVt quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

[gallery-19169]

Shirin shahridagi xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Yorug‘ Bekobod” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ob’ektga esa shahar mas’ullari hamkorligida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. 

Shuningdek, shaharning Farhod mahallasida yashovchi M.Davronov xonadoniga o‘rnatilgan quvvati 18 kVt bo‘lgan quyosh panellarining ishchi holati o‘rganildi.

Ushbu quyosh panellari bo‘yicha “Yashil energiya” axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilib, belgilangan tartibda tasdiqlanishi ta’minlandi.

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA