Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellaridagi nosozlik bartaraf etildi
15:06 / 2025-11-13

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. xonadoniga shartnoma asosida o‘rnatgan 120 million so‘mlik quyosh panellaridagi nosozlik ta’mirlab berildi.

Bugungi kunda yurtimizda qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanish uchun qator imtiyozlar joriy etilgan. Shuning natijasida qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Ular nafaqat uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam berishi, balki energiya xarajatlarini tejashi bilan alohida ahamiyatga ega.

Quyosh panellarini o‘rnatish maishiy yoki biznes uchun maqbul yechim. Buni bilgan Beruniy tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. “A.S.S” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 120 million so‘mlik quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Shartnomaga asosan quyosh panellari o‘rnatib berilgan. Ammo quyosh panellarida nosozlik bo‘lib ishlamay qolgan. Fuqaro “A.S.S” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qayta-qayta murojaat qilgan, lekin murojaati hal etilmagan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro amaliy yordam so‘rab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qildi. Mazkur murojaat belgilangan tartibda Beruniy tumanidagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘tkazilgan sa’y-harakatlar natijasida iste’molchining talabi inobatga olinib, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan panellar ta’mirlab berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri