English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellari – tejamkorlik asosi
05:11 / 2023-07-12

Prezidentimizning 2023 yil 10 apreldagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda quyosh panellarini xarid qilish loyihasiga 500 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Loyiha doirasida “Chartak business class” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tibbiy muassasaga quyosh panellarini o‘rnatish ishlari qisqa  fursatda yakunlandi. Bu esa haftasiga 1000 kVt va kuniga 166 kVtdan ortiq elektr energiyasini tejash imkonini bermoqda.  

[gallery-12739]

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA