Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellari o‘rnatilgach bir oyda 3 million so‘m mablag‘ iqtisod qilindi
11:04 / 2023-02-13

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida mavjud korxona-tashkilotlar ma’muriy binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar kutilganidek samara berishni boshladi. “Agrobank” ATBning tuman filiali binosi tom qismiga o‘tgan yilning dekabr oyida “SOLAR NATURE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.

Nominal quvvati 535 Vt bo‘lgan 114 dona monokristalli quyosh paneli va 24 ta invertorlardan iborat mazkur stansiya yiliga 22 ming kVt elektr energiya ishlab chiqaradi. E’tiborlisi, buning natijasida qariyb 70 foiz elektr energiyasi iste’molini tejashga erishiladi.  

Filial boshqaruvchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Islomovning ma’lum qilishicha, avvallari binoda elektr iste’moli uchun har oyda 5 million so‘m atrofida to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, quyosh panellari o‘rnatilishi hisobiga oylik sarf-xarajat 3 million  so‘mga qisqargan.  

 

M.Sulaymonov, O‘zA