Quyosh panellari o‘rnatildi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi va “Zarafshon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida umumiy hisobda quvvati 40 kVt/soat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.
Jumladan, boshqarma ma’muriy binosiga quvvati 30 kVt/soat quyosh paneli va 200 litr quyosh suv isitish qozoni, “Zarafshon” TIF postiga quvvati 10 kVt/soat quyosh paneli va 200 litr quyosh suv isitish qozoni o‘rnatildi.

Boshqarma Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur quyosh panellaridan bir yilda o‘rtacha 64 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Natijada 51,2 million so‘m mablag‘ tejab qolinadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA