French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellari – daromad manbai (+video)
11:40 / 2025-04-26

Ilgarilari sanoat va qurilish materiallari markazlarda ishlab chiqarilar edi. Yurtimizdagi tadbirkorlikka yaratilgan sharoit tufayli endi hatto chet tumanlarda ham shunday ishlab chiqarish korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Dang‘aradagi “Yog‘du” karbit zavodi ularning biri. U mamlakatning karbitga bo‘lgan ehtiyojini 80 foizgacha qondirishi mumkin. ammo ishlab chiqarish juda katta miqdorda elektr energiyasi iste’mol qiladi.

– Bir oyda 400-450 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlatamiz. Oyma- oy o‘rtacha  400 million so‘m atrofida to‘lov qilamiz, – deydi “Yog‘du” MCHJ ta’sischisi Ravshanbek Asqarov.– Elektr energiya sarfini kamaytirish uchun 660 kilovattli quyosh panellarini o‘rnatdik. Shuning hisobiga iste’mol qilinayotgan 30 foiz energiyani quyosh panellari qoplayapti.  

Ha, “Yog‘du” korxonasi hovlida bir parcha bo‘sh joy bo‘lsa ham quyosh panellarini o‘rnatdi va darhol uning moliyaviy daromadini his qildi. Shuning uchun ishlab chiqarishni kengaytirmoqchi.

– Faqat O‘zbekiston xomashyosini ishlatamiz. Koksni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan olamiz. Ohak vodiyda ishlab chiqarilyapti. Xomashyo 100 foiz mahalliy, – deydi Ravshanbek Asqarov.–Asosiy iste’molchimiz Navoiy kon- metallurgiya kombinati.

Endi bino-inshootlarning tomlariga yana 350-400 kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatish mumkin ekan. O‘shanda uning umumiy quvvati ming kilovatt soatga yetadi. Bu esa oylik elektr energiyasi to‘lovining teng yarmini qoplashi mumkin.

Ha, quyosh panellari qo‘shimcha daromad manbaidir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tUb4Wods54E" title="Quyosh panellari – daromad manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA muxbirlari