Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellari afzalliklari targ‘ib etildi
11:52 / 2023-07-17

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimlari uchun quyosh panellarining afzalliklari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda quyosh panellari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar, tijorat banklari rahbarlari hamda zavod xodimlari qatnashdi.  

Ayni kunlarda yurtimizda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha qator qulayliklar, imtiyozli kreditlar hamda soliq imtiyozlari yaratildi.  

Yig‘ilganlarga quyosh panellarining afzalliklari xususan, bunday qurilma yordamida xonadonini elektr energiyasi bilan ta’minlagan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy shaxslar 3 yil, tadbirkorlik sub’ektlari esa 10 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod etilganligi, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlardan foydalanishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA