Quyosh panelidagi nosozlik bartaraf etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro S.K. quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha “T.H” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 160 million so‘mlik shartnoma tuzgan.
Shartnomaga asosan, quyosh panellari o‘rnatib ketishgan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay quyosh panelida nosozlik tufayli yong‘in chiqqan. Fuqaro “T.H” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qayta-qayta murojaat qilgan, ammo hal etilmagan.
Natijada ushbu holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Beruniy tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘tkazilgan sa’y-harakatlar natijasida iste’molchining talabi inobatga olinib, “T.H” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan panellar ta’mirlab berildi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri