Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh nuri koronavirusni oʻldirishi aytildi
14:15 / 2020-04-24

Koronavirus quyosh nuri tushib tursa, bir daqiqada oʻladi, AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni aytdi.


Koronavirus quyosh nuri tushib tursa, bir daqiqada oʻladi, AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni aytdi.

“Agar, tanamizni kuchli ultrafiolet nuriga yoki juda kuchli yorugʻlikka duchor qilsak, koronavirus bir daqiqaga qolmay yoʻq boʻladi. Agar, yorugʻlikni terimiz orqalimi yoki boshqa yoʻl bilanmi, organizmimiz ichiga kirita olsak, bu ham COVID-19 infeksiyasini bir zumga qoldirmay oʻldiradi”, - dedi u.

Shu bilan birga, Donald Tramp bunday maʼlumotni qayerdan olganini aytmagan.

Bundan avval Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko ham quyosh “koronavirus tarqalishiga yoʻl qoʻymaydi” deya taʼkidlagan edi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, hozirgacha dunyoda 2,5 milliondan ziyod kishi koronavirusga chalingani aniqlangan, 175 ming bemor vafot etgan.