Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda
17:07 / 2023-04-20

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida barpo qilinishi rejalashtirilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasini dastlabki quvvati joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi belgilangan.

O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalari qurish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida Birlashgan Arab Amirligininig “Masdar” kompaniyasi tomonidan xalqaro moliya institutlarining qariyb 396 million AQSH dollarilik mablag‘i jalb etiladi.  

G‘allaorol tumanidagi kabi xuddi shunday yirik quyosh fotoelektr stansiyasilari shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sherobod hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanlarida ham qurish ko‘zda tutilgan.  Ushbu 3 ta yirik loyihalarni amalga oshirish uchun BAAning “Masdar” kompaniyasi YTTB bilan 127 million AQSH dollari, OTB bilan 102 million AQSH dollari va ularning hamkor banklari bilan 167 million AQSH dollari miqdorida shartnomalar imzolagan.  

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalar umumiy 897 MVt quvvatiga ega bo‘ladi va yiliga 2 milliard kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish orqali mintaqadagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasiga aylanadi.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra Birlashgan Arab Amirligininig “Masdar” kompaniyasi eng yaxshi takliflari bilan g‘olib deb topilgan.  

Jizzax viloyatining G‘allaorol hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi loyihalarning dastlabki quvvatlari joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi belgilangan.  

A.QAYUMOV, O‘zA