Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh fotoelektr stansiyasi qulay va tejamkor
13:34 / 2023-01-27

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” filialida loyiha qiymati 14,1 milliard so‘mlik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

2 gektar maydonga 2 ming 800 ta quyosh panellari joylashtirilib, 16 ta invertorlar o‘rnatildi. Quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan mazkur loyiha “On-Grid” rejimida ishlaydi. Yiliga qo‘shimcha 5 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 1,2 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Bu bilan atmosferaga zararli gazlar chiqishini kamaytirish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.  

Iqtisodiy samarasi yillik 300 ming dollarni tashkil etadi va 7 yilda qilingan xarajatlarni to‘la qoplashi ko‘zda tutilgan. Olib borilgan ishlar korxonaning iqtisodiy quvvatini oshirib, yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirishga, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga zamin hozirlaydi. 2022 yilning may oyidan amalga oshirila boshlangan ushbu loyiha bo‘yicha bugungi kunda yakuniy tajriba-sinov bosqichlari tugallanmoqda.  

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/MwdvLX19vJc" title="Quyosh fotoelektr stansiyasi qulay va tejamkor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

M.Sulaymonov,  

O‘zA