Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berishicha, chorshanba kuni Quyosh faolligi pasaygan, Yer quyosh plazmasining ilgari otilib chiqqan tez oqimidan chiqib ketmoqda.
- Quyosh faolligining barcha asosiy omillarida - quyosh chaqnashi kuchi va toj teshigining Yerga ta’sirida tez pasayish kuzatildi, - deyilgan ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda. - Yer yaqinida quyosh shamoli tezligi Moskva vaqti bilan taxminan 8 da pasayishni boshladi. Bu sayyoramiz quyosh plazmasi tez oqimidan chiqayotganini anglatadi.
Qayd etilishicha, Quyoshda ham alangalanish energiyasi tugashi belgilari kuzatilmoqda. Yulduzning fon rentgen nurlanishi kun boshidan buyon qariyb uch barobar kuchsizlandi, kuzatilgan chaqnash kuchi esa taxminan bir xil miqdorda kamaydi.
Shu bilan birga, olimlar Quyoshdagi umumiy vaziyatni beqaror, deb atagan. Ta’kidlanishicha, ulkan yulduzda ko‘plab faol, jumladan yangi, tez rivojlanayotgan markazlar kuzatilmoqda.
- Bunday vaziyatda kuchli chaqnash, hech bo‘lmaganda, keyingi 2-3 kun ichida, deyarli, imkonsiz bo‘lib qoladi, - deya qo‘shimcha qildi laboratoriya. - Geomagnit vaziyat ham mohiyatan yashil hududga qaytdi.
Olimlar fikricha, dam olish kunlaridan oldin sezilarli o‘zgarish kutilmaydi, Quyosh esa “bir oz vaqt unutilishi mumkin”.
S.Rahimov, O‘zA