Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh elektr stansiyasi qurildi
16:39 / 2025-09-12

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Zamir Amon” fermer xo‘jaligida 160 million so‘m evaziga 11 kilovatt soat quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi qurildi.

– Biznes loyihalarimiz qatorida Xitoyning “Blue Carbon” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, yurtimiz bo‘ylab muqobil energiya manbai asosida ko‘cha chiroqlari, shu kabi zamonaviy innovatsion vositalarni olib kelib, o‘rnatib, mijozlarimizga kafolatlangan xizmat ko‘rsatamiz, –deydi poytaxtimizdagi “MUVA NEV MATERIALS” MCHJ sotuv bo‘limi boshlig‘i Botirjon Asqarov. – Qorovulbozor tumani hokimligi bilan tajriba-sinov tariqasida mazkur 45 kilovatt soat quvvatga, 3 ta batareyali, yig‘ilgan energiyani 18 soat muddatga zaxira qiladigan quyosh elektr stansiyasini qurib berishga kelishgandik. Bir necha kun mobaynida xitoylik mutaxassislar bilan tumandagi “Zamir Amon” fermer xo‘jaligi dalasiga shu muqobil energiya stansiyasini o‘rnatdik.

Bu elektr stansiyasining afzal jihatlari ko‘p. Masalan, undan elektr toki yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlar, cho‘l massivlari, yaylovlarda, chorvachilik, parrandachilik, boshqa tarmoqlarda, shuningdek, elektr energiya ta’minoti nosoz, tarmoqda ko‘p uzilishlar kuzatiladigan tibbiy davolash muassasalarida, ko‘p qavatli turar joy, ijtimoiy soha inshootlarida bemalol foydalanish mumkin. Ko‘cha yoritish chiroqlari, nasos stansiyalaridan tortib, lift qurilmalarini ishlatishda, tegirmon va boshqa texnologiyalarni yuritishda qo‘llaniladi. Hatto, iste’mol bo‘lmagan vaqtda zaxira qilingan muqobil elektr energiya quvvatini tarmoqqa sotib, moddiy manfaat ko‘rish ham mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, “Zamir Amon” fermer xo‘jaligiga o‘rnatilgan bu elektr stansiyasi xizmat ko‘rsatish muddati 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni qurishga umumiy qiymati 160 million so‘m mablag‘ sarflangan. Endilikda xo‘jalikda nasos agregatlaridan foydalanish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash ko‘zda tutilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.