“Quyoshda M toifali chaqnash kuzatilishi davom etyapti. Bunday hodisa oxirgi marta ikki oy oldin kuzatilgan. Bu xulosa Rossiya Fanlar akademiyasi Fazoviy tadqiqot instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi hisobotida keltirilgan.
– Quyoshda yangi kuchli chaqnash qayd etildi, – deyilgan Laboratoriya o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida tarqatgan xabarda. – Qabul qilingan rentgen shkalasi bo‘yicha o‘lchangan hodisa M4.52 ball bilan baholangan. Keyinroq qayd etilgan M4.56 chaqnashi joriy yil 20iyundan buyon eng yirigi bo‘ldi. Shu tariqa, olimlar fikricha, ikki oylik rekord takrorlangan.
Yaqin orada yulduzimizda yanada kuchli hodisalar ro‘y berishi ehtimoli yuqori, deya aniqlik kiritilgan vaziyatga. Bir kechada Quyosh ancha faollashib, hozirgi tendensiyaga asosan, 24 soat ichida eng yuqori X darajasidan o‘tib ketishi mumkin, deyilgan hisobotda.
Mutaxassislar Quyosh-Yer chizig‘idan 50 daraja masofada joylashgan eng faol quyosh markazlari kun davomida Yer yo‘nalishiga taxminan 15 daraja yaqinlashganini ta’kidlashyapti. Bunday siljish xavfsiz hisoblansa-da, xavotirdan mutlaqo xoli, deb bo‘lmaydi. Ya’ni, muayyan xavfsizlik chegarasigacha borilgan. Shu bois tez orada Yerdagi magnit bo‘roni global farazi o‘zgarishi mumkin.
– Asosiy qiziqish hamon Quyoshdagi chaqnash energiyasi zaxirasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, – deya qo‘shimcha qilingan hisobotda. – Kuzatilgan faol jarayon besh kun oldin, Yerga yetib kelgan dog‘ guruhi hali uzoqda payti boshlangan. Besh kunlik uzluksiz portlash uchun mislsiz quvvat sarflanishi kerak bo‘lardi va Quyoshda charchoq alomati ko‘rinishi mumkin edi. Binobarin, bunday holat hali sodir bo‘lgani yo‘q.
Hal qiluvchi kun sifatida taxmin qilinayotgan sanada kun davomida olov faolligi pasaysa, haftaning ikkinchi yarmida, dog‘ guruhi Quyosh-Yer chizig‘iga yaqinlashganda yulduz tinchlanishi mumkin. Aks holda, chorshanba-payshanbadan boshlab Yerga ta’sir, deyarli, muqarrar bo‘ladi.
S.Rahimov, O‘zA