English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyonchilik serdaromad soha
11:09 / 2023-01-09

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida quyonchilik sohasini rivojlantirishning ilmiy asoslariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, quyonchilik sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Quyon parvarishlashni yo‘lga qo‘yish orqali esa bugungi kunda  yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.  

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan naslli quyonlarni uy sharoitida parvarish qilish, to‘g‘ri oziqlantirish, ularni intensiv ko‘paytirish usullari, zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish yuzasidan ma’ruzalar qilindi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mahsulotlar orasida quyon go‘shti insonlar iste’moli uchun foydali hisoblanadi. Qolaversa, quyon terisi ishlab chiqarishda ham yaxshigina daromad keltiradi. Shu bois, quyonchilik jahonda serdaromad soha hisoblanadi. Yurtimizda bu soha bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ham qulay muhit va zarur sharoit yaratilib, imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.  

Seminarda sohani rivojlantirish istiqbollari, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida quyon go‘shtidan tayyorlangan milliy taomlar taqdimoti o‘tkazildi.  

 

Dovud Abibullayev, O‘zA