Quyi palata qabul qilgan qonunni Senat ma’qullamadi — endi qanday yo‘l tutiladi?
Qonunchilik palatasi tomonidan shu yilning fevral oyida qabul qilingan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun Senat tomonidan ma’qullanmagan edi. Moddalarda ayrim ziddiyatlar borligi, qonunni yanada takomillashtirish zarurati yuzasidan Senat quyi palata bilan kelishuv komissiyasini tuzishni taklif etdi.
Parlament quyi palatasidagi barcha fraksiyalar yig‘ilishlarida ushbu masala muhokama qilinib, mazkur qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Senatning tegishli qo‘mitasi xulosasida keltirilgan ayrim masalalar qonunni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi, ayrimlari bo‘yicha quyi palata qo‘mitasida asosli javoblar bor.


Deputatlar mazkur qonun bo‘yicha ikkala palataning kelishuv komissiyasini tuzish taklifini qo‘llab-quvvatladilar va quyi palata komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Kelishuv komissiyasi ushbu masalani hal etish uchun ish olib boradi.
Muhtarama Komilova, O‘zA