Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyi Chirchiqda obod mahallalar yana bittaga ko‘paydi
11:34 / 2023-12-09

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" mezonlarini joriy etishga kirishilgan edi. Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar vakillaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Toshkent viloyatining 5 ta tumanidagi eng chekka, ijtimoiy holati “og‘ir” mahallalar tanlab olindi.

Belgilangan vazifalar ijrosi uchun Respublika byudjetidan 4 milliard so‘m, shuningdek, mahalliy byudjet hamda homiy tashkilotlar hisobidan ham yetarli darajada mablag‘ ajratildi. 

Quyi Chirchiq tumani 4-sektor hududida joylashgan Ko‘ksaroy mahallasi shunaqa manzillardan biri. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli mahalla avvalgi ko‘rinishidan butkul o‘zgacha qiyofaga kirdi.

Ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan ushbu bunyodkorlik ishlari tugallanib, aholi uchun foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla ahli qatnashdi.

[gallery-15022]

Dastlab “Sog‘lom hayot uchun” yugurish marafoni o‘tkazildi. Unda ko‘ksaroyliklar faol ishtirok etdi. Ayniqsa, mahallaning katta yo‘li bo‘ylab Milliy gvardiya otliqlari va “Vatanparvar” tashkiloti, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus texnikalari ishtirokida o‘tgan sport marafoni barchaga manzur bo‘ldi. 

Shundan so‘ng “Ko‘ksaroy” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi ochildi. 

Keng jamoatchilik vakillari mahalladagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi. Aholi xonadonlarida mehmon bo‘ldi. 
Keyingi manzil "Ko‘ksaroy city" MCHJga qarashli tekstil korxonasining ochilish marosimi bo‘ldi. Mutasaddilar bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ishchilar bilan suhbatlashildi. Barcha uyushqoqlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bino atrofiga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi. 

Tadbir davomida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi. Unda mazkur mahallaning obod qiyofa kasb etishida mehnati singgan mutasaddilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi. 

A. Musayev,

D, Ernazarov (surat), O‘zA muxbirlari