Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvondiq Sanaqulov: saylov muhim siyosiy jarayon
12:02 / 2024-10-27

Ayni paytda yurtimizning barcha hududlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Mazkur siyosiy jarayonda O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov ham ishtirok etib, Navoiy shahridagi 5-saylov uchastkasiga borib ovoz berdi.  

– Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon bo‘lib o‘tmoqda. Yurtdoshlarimiz o‘z siyosiy huquqlaridan foydalanib, o‘zlari munosib deb hisoblagan nomzodlar va partiyaga ovoz bermoqda, – deydi Q.Sanaqulov. – Bundan ko‘rinadiki, ular yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun befarq emas.  

Viloyatdagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.  

 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari