Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvondiq Sanaqulov: AQSHga tashrif strategik sheriklikni yangi sifat bosqichiga olib chiqdi
10:22 / 2025-11-11

Davlatimiz rahbarining AQSHga amalga oshirgan tashrifi mamlakatimizning xalqaro aloqalarida navbatdagi muhim siyosiy voqea bo‘ldi. Oliy Majlis Senati a’zosi Quvondiq Sanaqulov shu haqda fikr bildirdi:

– Davlatimiz rahbarining AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etdi.

Ushbu uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, investitsiya hamkorligini rivojlantirish, savdo aloqalarini oshirish, innovatsion texnologiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir aniq takliflar ilgari surildi. 

Parlamentlar darajasida hamkorlikning kuchayib borayotgani, xususan, AQSH Kongressida O‘zbekiston bo‘yicha kokus faoliyatining kengaygani davlatlarimiz o‘rtasidagi ishonchli muloqotning amaliy ifodasidir.

Prezidentimiz tomonidan hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalasining alohida ta’kidlangani juda o‘rinli. Amerika shtatlaridan – Michigan, G‘arbiy Virjiniya, Kaliforniya va Montana bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik viloyatlarimizda qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiy almashinuvni kengaytirish, texnologiyalar va boshqaruv tajribalarini jalb etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 

Bu esa, o‘z navbatida, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tashabbuskorlar va tadbirkorlar uchun yangi bozorlar ochilishi va yoshlar uchun raqobatbardosh ta’lim imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida mintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish va transport-logistika yo‘laklarini kengaytirish masalalarida ham muhim fikr almashdi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va hamkorlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosiy pozitsiyasi xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda.

Mazkur tashrif davlatimizning xalqaro nufuzini oshirdi, strategik sheriklikni yangi sifat bosqichiga olib chiqdi va mamlakatimizning ochiq, uzoq muddatli va pragmatik tashqi siyosatining samaradorligini tasdiqladi. 

Norgul Abduraimova,

O‘zA