Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvnoq va zukko yigit-qizlar bellashdi
15:39 / 2025-11-19

Sirdaryoda zukko yoshlar bellashdi. Guliston davlat universiteti faollar zalida birinchi bor Sirdaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning aqliy salohiyati va ijodkorlik qobiliyatini namoyon etishiga ko‘maklashish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi va “Quvnoqlar va zukkolar” assotsiatsiyasi hamkorligida amalga oshirildi. Musobaqa Sirdaryo viloyati hokimligining bayoni va tegishli chora-tadbirlar rejasi asosida o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda quyidagi jamoalar ishtirok etdi: Guliston davlat universitetining “Yosh bojalar”, Buxoro innovatsiyalar universiteti Sirdaryo filialining “Bojalar”, Guliston shahrining “Do‘stlik”, Guliston davlat pedagogika institutining “Jo‘ralar”, Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filialining “Kim-tex” va “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Nurli yulduzlar” jamoalari.

Tanlov Nizomga muvofiq uchta asosiy bosqichda o‘tkazildi: “Tanishuv”, “Savol-javob” va “Musiqiy chiqish”. Har bir bosqichda jamoalar o‘z mahorati, zukkoligi va sahnaviy namoyish imkoniyatlarini namoyon etishdi.

Hakamlar hay’ati har bir jamoaning chiqishini inobatga olgan holda quyidagi natijalarni e’lon qildi:

1-o‘rinni  Guliston davlat universitetining “Yosh bojalar” va Buxoro innovatsiyalar universiteti Sirdaryo filialining “Bojalar” jamoasi qulga kiritdi.

2-o‘ringa  Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filialining “Kim-tex” jamoasi, 3-o‘ringa “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Nurli yulduzlar” jamoasi sazovor bo‘ldi.

G‘olib va faol ishtirokchi jamoalar pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri