French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvnoq, chaqqon va kuchlilar bellashuvida mezbon jamoa g‘olib bo‘ldi
20:04 / 2023-08-21

FOTOREPORTAJ

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda jismonan sog‘lom bo‘lishlari, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida har yili “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda.  

[gallery-13201]

Mazkur musobaqaning respublika bosqichi bu yil Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o‘tkazildi. Bir hafta davom etgan bellashuvlarda yurtimizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida Farg‘ona viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Namangan viloyati o‘quvchilari 2-o‘rinni,  qoraqalpog‘istonlik va jizzaxlik o‘quvchilar 3-o‘rinni egalladilar.

Barcha jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘zA fotomuxbiri 
Muqimjon QODIROV olgan suratlar.