Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvaytdagi sammitdan muhim xulosalar (+video)
11:16 / 2026-02-28

Joriy yilning 2-7-fevral kunlari Quvaytda Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasining yillik sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit doirasida turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi.

Sammitda qanday masalalar muhokama qilingani, qaysi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingani haqida O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati raisi, Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasi vitse-prezidenti Ergash Norpo‘latovdan batafsil ma’lumot oldik.

Ko‘zi ojiz insonlarni umumjamiyatga integratsiya qilishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ko‘zi ojiz xotin-qizlarning faolligini oshirish masalalari yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalarda O‘zbekiston vakillari ham o‘zlarining konstruktiv fikr va takliflari bilan faol ishtirok etdi.

Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6oDlyACBrk0" title="Quvaytdagi sammitdan muhim xulosalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,
D.Yoqubov (video),
U.To‘xtayev (montaj), O‘zA