English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvayt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi reys yo‘lga qo‘yildi
17:54 / 2021-06-29

Turizm va sport vazirligi, Transport vazirligi hamda “Jazeera Airways” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda ma’lum qilinishicha, “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Quvayt-Toshkent hamda Quvayt-Bishkek yo‘nalishlari bo‘yicha yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quvayt-Toshkent va Toshkent-Quvayt parvozlari haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Xuddi shuningdek, Bishkek shahriga ham haftasiga ikki marta aviareyslar yo‘lga qo‘yilib, parvozlar A320neo samolyotida bajariladi.

– Pandemiya boshlanganidan buyon “Jazeera” aviakompaniyasi yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘plab chora-tabirlarni amalga oshirmoqda. Birgina misol, kengayib borayotgan Airbus A320neo aviaparki tibbiy toifali HEPA havo filtrlari bilan jihozlangan va bugun uning samolyotlarida hamda “Jazeera”ning Quvaytdagi T5 terminalida barcha xavfsizlik va ehtiyot choralari ko‘rilgan. Aviakompaniya uchuvchilari va bort kuzatuvchilari to‘liq vaksinatsiyadan o‘tishgan, shuning uchun mijozlarimiz biz bilan xavfsiz sayohat qilayotganliklariga ishonch hosil qilishlari mumkin. Yo‘lovchilarni barcha mahalliy qoida va tartibga rioya qilishlarini ta’minlash uchun rasmiy hokimiyat tomonidan berilayotgan yangiliklarni o‘qish tavsiya etiladi. E’longa muvofiq bugunga qadar Quvaytga kirish faqatgina Quvayt fuqaroligi bo‘lgan yo‘lovchilarga va ularning birinchi darajadagi qarindoshlariga ruxsat berilgan. Chet el pasporti egalariga 2021 yilning 1 avgustidan Quvaytga kirishga ruxsat etiladi, — dedi “Jazeera Airways” ijrochi direktori Roxit Ramachandran.

 

 

O‘zA