Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvayt poytaxtidagi xalqaro aeroportda yong‘in yuz berdi
17:12 / 2022-03-28

Dushanba kuni Quvayt poytaxtidagi xalqaro aeroportning yangi yo‘lovchi terminalida yong‘in sodir bo‘ldi, ammo havo qatnovi to‘xtatilgani yo‘q.

Hozir parvozlar odatdagidek davom etmoqda. Bu haqda amirlik fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi o‘z “Twitter” sahifasida ma’lum qildi.  

– Yangi yo‘lovchi terminalida yong‘in yuz berishiga qaramasdan, Quvayt xalqaro aeroportidagi havo qatnovi odatdagidek ishlamoqda, – deyiladi agentlik xabarida.  

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.