Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoyning olmalari
15:26 / 2025-10-10

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri tabiiy-iqlim sharoiti meva-sabzavot yetishtirishga qulay. Xususan, shaharning “Bog‘bon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi qir-adirlar bag‘rida joylashgan bo‘lib, bu yerdagi aholi uchun asrlar davomida bog‘dorchilik asosiy tirikchilik manbai bo‘lib kelyapti.  

Bu yerda 18 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Ular yil sayin yangi navlar parvarish qilish orqali hosildorlikni oshirishga e’tibor qaratmoqda. Joriy yil Quvasoy bog‘lari uchun, ayniqsa, barakali keldi.  

“Muhammadrayim fazilati” fermer xo‘jaligi bog‘i uch gektar bo‘lib, bu yil 20 tonna olma yetishtirildi. 

[gallery-25684]

– Soha mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda, bog‘imizga “Krepson”  navli olma ko‘chatlari ekdik, - deydi fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Sardor Qobulov. – Bu nav nafaqat hosildor, balki bozorbopligi bilan ham ajralib turadi.  

Ayni kunlarda Quvasoy bog‘larda olma, behi, anor va boshqa sarxil mevalarning terimi qizg‘in pallada. 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA