Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoylik mirishkor oila
20:29 / 2024-09-21

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri Bog‘bon mahallasida istiqomat qiluvchi Barotovlar oilasi yerdan unumli foydalanish borasida tadbirkor va mirishkor oila sifatida shaharda tanilgan. 

Oila sohibi Izzatillo Barotov xonadon tomorqasida 3-4 navdagi anvoyi gullar yetishtiradi. Shuningdek, mo‘’jazgina uzum, olma bog‘i oilaning yana bir qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi. Yer bilan tillashish va dillashish borasida otasidan hayotiy saboqlar olgan Ne’matilla Barotov ham hududdagi 1 gektar 20 sotix bo‘sh yer maydonini o‘zlashtirib, zamonaviy issiqxona tashkil etgan. 

Aksiyadorlik tijorat “Agrobank”ning Quvasoy shahar filiali tomonidan ushbu oilaga ajratilgan 1 milliard 200 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobidan issiqxonada isitish va sovutish tizimi, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi. Natijada issiqxonada 12 ta doimiy, 20 dan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratilishiga erishildi. 

[gallery-19377]

Hozirda Ne’matilla Barotov rahbarligidagi “Vodiy Agro World” MCHJ tomonidan yilning to‘rt faslida ham sifatli bodring va pomidor yetishtirilmoqda. Mahsulotning salmoqli qismi MDH davlatlariga eksport qilinadi. Jumladan, joriy yilda ham Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga 80 tonna mahsulot eksport qilish maqsad qilingan. 

Shu kunlarda qishki mavsum uchun ekilgan pomidor ko‘chatlari ilk hosil nishonalari ko‘rsatib, baravj rivojlanmoqda. Innovatsiya usulida kimyoviy va mahalliy o‘g‘itlar bilan ishlov berilib, hosil sifati va salmog‘ini oshirish choralari ko‘rilayotir. Shu tariqa ushbu oila a’zolari yerdan yilning to‘rt faslida ham daromad olish bo‘yicha barchaga ibrat va namuna bo‘lmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA