French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoyda “Jasorat” loyihasi doirasidagi tadbirlarda yuzlab yoshlar ishtirok etdi
08:21 / 2024-01-30

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida “Quvasoy tajribasi” sifatida qator tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab “Jasorat” loyihasi doirasida yurish marafoni o‘tkazildi. Asosan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari jalb etilgan tadbirda turli yosh toifasidagi quvasoyliklar faollik ko‘rsatdi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan hududlarda faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar hokimligi mutasaddilari loyiha mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berishdi. Faol va tashabbuskor yigit-qizlar orasidan yoshlar yetakchiligiga istiqbolli kadrlar zaxirasi yaratilishi ma’lum qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilganlar “Vatanparvar” tashkiloti shahar o‘quv sport-texnika klubining maxsus avtomobillarida 1-sonli sport maktabi oldidan Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab  shahar Madaniyat markazigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdilar.

Tadbir yoshlarni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan qiziqarli bahslar bilan davom etdi. Tosh ko‘tarish, arqon tortish,  armrestling musobaqalarida shahardagi 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelgan yuzlab yoshlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

[gallery-15694]

Shahardagi “Huvaydo” MFY sport majmuasida o‘tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan yoshlar masalalari va muammolarini o‘rganish jarayonida aniqlangan ko‘makka muhtoj yigit-qizlarning 4 nafariga tikuv mashinasi hamda motokultivator berildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 44 nafar talabaga to‘lov-kontrakt uchun sertifikat topshirildi.  

Ma’lumot uchun. Quvasoy  shahrida 14-30 yoshdagi yigit-qizlar soni 23 ming nafardan ziyod bo‘lib, ularning qariyb 100 nafari “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari hisoblanadi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA