Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoy “yashil va aqlli shahar” sari qadam qo‘ymoqda
08:58 / 2025-11-13

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligidagi “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida shaharning zamonaviy master-rejasini ishlab chiqish ishlari boshlandi. 

Loyiha shaharning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik rivojlanish salohiyatini oshirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda Quvasoyni “yashil va faol hayot markazi”ga aylantirishni maqsad qilgan. Master-reja doirasida umumiy maydoni 100 gektargacha bo‘lgan hududda zamonaviy turar-joylar, dam olish va xizmat ko‘rsatish maskanlari, ekoturizm va tadbirkorlik zonalari, shuningdek, aholi uchun ochiq yashil hududlar tashkil etish rejalashtirilgan. 

Loyiha amalga oshirilishi natijasida shaharda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush sifatini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, loyiha ishlab chiqish jarayonida mahalliy aholi, xususan, ayollar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tadbirkorlarning fikr va takliflari inobatga olinadi. Bu yondashuv loyihani aholining haqiqiy ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi. 

[gallery-26222]

Quvasoyning yangi master-rejasi BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos bo‘lib, “yashil iqtisodiyot”, ekomuhitni muhofaza qilish, ayollar va yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini qulay va shaffof qilish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Farg‘ona vodiysining go‘zal burchagida joylashgan Quvasoy tabiiy resurslari va mehnat salohiyati bilan barqaror rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga ega. Yangi master-reja ushbu imkoniyatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA