French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoy bog‘larida (+video)
15:19 / 2024-06-06

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri hududida barpo etilgan intensiv bog‘larda o‘rik, olma, gilos, olxo‘ri, shaftoli, nok kabi sarxil mevali daraxt nihollari ekilib, serhosil, iqlimga mos navlar ko‘paytirilmoqda. Ayni kunlarda Valik qishlog‘iga kelsangiz, hosilga kirgan bog‘larni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi.  

Mahalla hududidagi “Quvasoy Nodirjon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi 2019 yilda tashkil etilgan. Bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan ushbu fermer xo‘jaligida ayni paytda o‘rik, shaftoli, nok, olma hamda ertapishar gilos yetishtirilmoqda. Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 40,3 gektar, undan 30 gektari intensiv bog‘dir. Ahamiyatlisi, intensiv bog‘ maydonida suv tejamkor texnologiyalar asosida tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni kunlarda pishib yetilgan gilos bir qismi xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Hosilning asosiy qismi Rossiya davlatiga eksport qilinayotir.

[gallery-17726]

Ta’kidlash joiz, mazkur fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan mirishkor bog‘bonlar sohani rivojlantirish maqsadida soha olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, ular e’lon qilinayotgan qator xorijiy grantlarda ham o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2021 yilda sohibkorlar BMTning Farg‘ona viloyatida iqlim o‘zgaruvchanligi bo‘yicha grantida o‘z loyihasi bilan qatnashib, 20 ming AQSH dollari qiymatidagi bog‘dorchilikka kerak bo‘ladigan zarur texnika va jihozlarga ega bo‘ldi. Yaponiya va Germaniya davlatlari homiyligida tashkil qilingan “AFC” loyihasidagi ishtiroki ham ularga katta samaralar berdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9pXqF8vzPsQ" title="Quvasoy bogʻlarida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA