Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvasoy bog‘larida hosil mo‘l
12:43 / 2023-08-30

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida bu yil 750 gektar yerda tomchilatish, 350 gektar ekin maydonlarida diskret usulida sug‘orishni joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda hududdagi 48 ta bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida  tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan.

- 13,3 gektar yerda bog‘ yaratganmiz, - deydi “Ko‘paysinobod” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi rahbari Shokirjon Qorayev. – Bundan olti yilcha ilgari 5 gektar yerdagi olmazorimizga Jahon banki granti mablag‘i hisobidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatgan edik. Ushbu texnologiya hosildorlikni keskin oshirish bilan birga bugungi kunda tobora tanqis bo‘lib borayotgan suv resursini tejab ishlatishda juda ham qo‘l kelayotir.  

[gallery-13334]

O‘tgan yili quvasoyliklar olma yetishtirish bo‘yicha viloyatda birinchi o‘rinni egallagan edi. Bu yil ham Quvasoy bog‘larida hosil mo‘lligini ko‘rib, kishi ko‘zi quvonadi. Olmazorlar, nokzorlar, anorzorlarda terim mavsumi  boshlanish arafasida. Sug‘orish tizimida ilg‘or texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tilayotgani bunday to‘kin-sochinlikka zamin yaratmoqda.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA