Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvada savdo shoxobchasidan uyali telefon va pul o‘g‘rilagan ayol ushlandi
17:46 / 2020-11-05

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni noma’lum ayol Quva tumani Andijon ko‘chasida joylashgan mevalarni qabul qilish shoxobchasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, stol ustida bo‘lgan narxi 260 ming so‘mlik “Inoi 108 R” rusumli uyali telefon apparati va 10 million pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi M.A.ning savdo shoxobchasi umumiy aholi foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, gumon qilinuvchi X.M. ismli ayol ushbu savdo shoxobchasiga savdo qilish maqsadida kirganligi va jabrlanuvchi boshqa yumushlari bilan chalg‘igan vaqtida stol ustida qarovsiz qoldirilgan telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.