Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvada chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfi ochildi
16:28 / 2025-01-09

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 64-umumta’lim maktabida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfi ochildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, tuman hokimligi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan respublikadagi har bir tuman va shaharda umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan vatanparvarlik ruhida, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Mazkur qaror asosida Quva tumanidagi 64-umumta’lim maktabida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfini ochishga start berildi. Tuman hokimligi ko‘magida ta’mirlash, kerakli jihoz va o‘quv qurollari bilan ta’minlash ishlari bajarildi. 

Tadbirda harbiy orkestr va faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. Shu kuni yangi o‘quv sinfida tumandagi umumta’lim maktablari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Ochiq muloqotda “Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyili asosida o‘quvchi-yoshlarga harbiy soha bo‘yicha boshlang‘ich bilim berishni sifat jihatdan yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. 

[gallery-21188]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA