Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quva anorlarini Malayziyada kutishmoqda
14:10 / 2026-01-26

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi delegatsiyasining meva-sabzavot mahsulotlarini import qilish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Malayziyaning yirik korxonalari bilan muloqotlari samarali kechmoqda.

“Hoi Yong Fruits”  Malayziya savdo tarmoqlarining yirik meva-sabzavot yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. U turli davlatlardan yuqori sifatli mahsulotlarni import qiladi.

“Al Hijrah Global Sdn Bhd” korxonasi esa Malayziyadagi eng yirik xurmo distribyutorlaridan biri bo‘lib, shuningdek, quruq meva mahsulotlarini ham tarqatish va sotish bilan shug‘ullanadi.

Muloqotlar davomida har ikki korxona vakillari O‘zbekiston mahsulotlariga, ayniqsa, o‘zbek anoriga katta qiziqish bildirdilar. Ta’kidlanishicha, Malayziya bozorida anorga talab yuqori bo‘lib, uni import qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar turli xil quruq meva mahsulotlari, jumladan, uzum, quritilgan o‘rik va olcha, shuningdek. anor, gilos kabi meva mahsulotlarini Malayziyaga yetkazib berish shartnomalarini imzoladilar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA